Taqriz yozish

  1. Qo`lyozma variantini jurnalga yuborish qoidalari quyidagi saytda ko`rsatilagan: www.agro-inform.uz
  2. Hamma qo`lyozmalar jurnal tahririyatida qayd etilganidan so`ng 3-4 hafta (ba’zan kamroq vaqt) davomida taqriz jarayonidan o`tkaziladi.
  3. Ilmiy maqolalar taqrizchilari bo`lib, qoida bo`yicha, tahririyat doimiy a'zolari saylanadi. Ayrim holatlarda ilmiy maqolalarga yo`nalishiga mos holda va tibbiyot maxsus bo`limlaridagi ilmiy ishlari bilan tanilgan mutaxassislar tomonidan taqriz beriladi.
  4. Maqola taqrizdan o`tkazilishi uchun taqrizchini belgilash qarori bosh muharrir yoki uning o`rinbosari tomonidan qabul qilinadi.
  5. Maqola qo`lyozma varianti (mualliflar familiyalari va ish joyi belgilanmagan holda) tahririyat tomonidan maxsus xat bilan birgalikda taqrizchilarga yuboriladi.
  6. Taqriz ijobiy bo`lmaganda 10 (o`n) kun muddatda muallifga asoslangan rad javobi yuboriladi. Ushbu holatda etik qoidalari bo`yicha taqrizchi familiyasi belgilanmaydi.
  7. Maqolaga qo`shimchalar va o`zgartirishlar kiritilishi talab qilinganda (o`zgartirish kiritish muddati 1-2 oy, ortig’i bilan 3 oy) mualliflarga ushbu holatga mos xat yuborilishi ta'minlanadi. Ushbu muddat ichida mualliflar o`zgartirilgan maqola variantini qayta taqrizdan o`tkazilishi uchun belgilangan taqrizchiga qayta yuboriladi.
  8. Mualliflar tomonidan o`zgartirish kiritishdan va maqola chop etishdan bosh tortish holati bo`lsa, ular tahririyat a'zolarini ushbu holat haqida ogohlantirishi zarur. Mualliflar 3 oy muddati tugaganidan so`ng ham o`zgartirilgan maqola variantini tahririyatga yubormagan bo`lsa ushbu maqola chop etish uchun rejalashtirilgan maqolalar qatoridan chiqariladi. Mualliflarga tahririyat tomonidan ushbu holat haqida (maqola registratsiyadan chiqarilgani) xat yuboriladi. Tahririyatga yuborilgan maqola qo`lyozmalari qaytarilmaydi.
  9. Mualliflar taqrizchi xulosasini tan olmagan holatda, ular iltimosiga binoan, tahririyat maqola variantini boshqa taqrizchi yoki taqrizchilar guruhiga aniq ekspert xulosasini olish uchun qaytadan yuborishi mumkin.  Ushbu holatlarda maqolaga olingan hamma ekspert xulosalari tahririyat a'zolari majlisida keng muhokama qilinadi va oxirgi tahririyat qarori mualliflarga majlis kunidan keyin 10 (o`n) ish kuni muddatida yetkaziladi.
  10. Qayta taqrizlash jarayonidan o`tmagan maqola (belgilangan o`zgartirishlar kiritilgan bo`lsa ham) mualliflar yana maqolani ko`rib chiqishi qo`shimcha muddat berilishi mumkin (2 oygacha), ushbu muddat o`tishi bilan maqola qayta taqrizga eskpertga yuboriladi. Uchinchi marotaba ekspert xulosasi ijobiy bo`lmasa maqola qayta ko`rib chiqilishiga qo`yilmaydi, mualliflarga esa 10 (o`n) kun muddatida maqola chop etilmaslik haqida xat yuboriladi.
  11. Ijobiy taqriz olgan va tahririyat majlisida tasdiqlangan maqolalar navbatdagi jurnal sonlarida chop etiladi (taxminan 1-2 oy muddatida), chop etilganligi haqida tahririyat mualliflarni ogohlantiradi.

Hurmat bilan, Bosh muharrir

Rustamov Sirojiddin Tashniyazovich