Xalqaro Agro Sanoat Ko‘rgazmasi
AGROWORLD UZBEKISTAN 2026 – Xalqaro Agro Sanoat Ko‘rgazmasi

2026-yil 25–27 mart kunlari Toshkent shahridagi O‘zekspomarkaz majmuasida “Agroworld Uzbekistan” 21-xalqaro agro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur ko‘rgazma qishloq xo‘jaligi, agrobiznes, chorvachilik, parrandachilik, o‘simlikchilik va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar hamda mutaxassislar uchun muhim xalqaro platforma hisoblanadi.
Ko‘rgazma doirasida:
-
qishloq xo‘jaligi texnikalari
-
innovatsion agrotexnologiyalar
-
urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish vositalari
-
chorvachilik va parrandachilik uskunalari
-
agrobiznes uchun zamonaviy yechimlar
namoyish etiladi.
“AGRO BIZNES INFORM” jurnali ushbu ko‘rgazmaning axborot hamkorlaridan biri sifatida agrar sohadagi ilmiy, iqtisodiy va amaliy yangiliklarni keng yoritib boradi.
Ko‘rgazma haqida batafsil ma’lumot olish uchun:
https://agroworld.uz